“Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi
NIZOMI

 

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalarioqituvchi va oquvchilar ortasidaXalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” korik-tanlovini tashkil etish va uni otkazish tartibini belgilab beradi.

2.  Rasmiy nomi: “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi.

3. Nizom matnidagi qisqa nomi: Korik-tanlov.

4. Ko‘rik-tanlov tashkilotchilari:

             Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi;

             Xalq ta'lim vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi;

             “ZiyoNET” Resurs markazining Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi bo‘limi.

5.  Ko‘rik-tanlovning rasmiy veb-sayti: http://tanlov.uzedu.uz

 

II. Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari

6. Ko‘rik-tanlov maqsadi:

         Xalq ta'lim tizimidagi ta'lim muassasalari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning saytlarini yaratish va targ‘ibot qilish orqali o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy faolligi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishini oshirish.

7. Ko‘rik-tanlov vazifalari:

Ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy AKTni keng joriy etish;

ta'lim muassasasi veb-saytlarini maktab-oila, ota-ona va bolalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot shakli tarzida shakllantirish;

o‘qituvchilarning ta'lim berish jarayonida AKT vositalaridan foydalanish bo‘yicha mustaqil malaka oshirishlariga qiziqish uyg‘otish va o‘z ustida ijodiy ishlashga jalb etish;

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarining internet tarmog‘idagi faoliyatiga jamoatchilik e'tiborini qaratish.

 

III. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi

8. Ko‘rik-tanlovda barcha UZ domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan, veb-sayt xostingi O‘zbekistonda bo‘lgan;

umumiy o‘rta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari;

xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalari o‘qituvchilari;

tarbiyachilari (pedagoglar, trenerlar, musiqachilar, rassomlar, uslubchilar) va o‘quvchilari o‘z saytlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

 

9. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi:

Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014 yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar qabul qilinadi;

Hakamlar hay'ati tomonidan talabnoma berilgan barcha saytlarni baholash va har bir nominatsiya bo‘yicha 10 tadan g‘oliblikka da'vogar ishtirokchilarni tanlab olinadi;

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlarni aniqlanadi;

 

Ko‘rik-tanlov natijalari bo‘yicha ma'lumotlar va o‘tkazish muddatlari tanlov.uzedu.uz veb-sayti orqali e'lon qilinadi.

 

10.  Hakamlar hay'ati.

Ko‘rik-tanlovda qatnashgan xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning veb-saytlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan Xalq ta'limi tizimi mutaxassislari, veb-texnologiyalar bo‘yicha ekspert-mutaxassislardan, o‘qituvchilardan tarkib topgan Hakamlar hay'ati tuziladi.

Hakamlar hay'ati tomonidan qo‘yilgan ballarga nisbatan yozma  murojaatlar ko‘rik-tanlov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Keyingi e'tirozlar inobatga olinmaydi.

 

11.  Saytlarni baholash mezonlari

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan veb-saytlar quyidagi baholash mezonlariga muvofiq baholanadi:

veb-saytning dizayni;

veb-saytning mazmuniy boyligi, aktualligi;

veb-saytning funksionalligi va uning ishlatishdagi qulayligi;

veb-saytning pedagogik ahamiyati (saytdagi uslubiy ish);

interaktivlik va qayta aloqa;

bajarilishining sifati;

umumiy taassurot.

 

IV. Talabnomalarni qabul qilish tartibi

12. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar http://tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun http://xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tishi kerak. Ko‘rik-tanlovda qaysi nominatsiya bo‘yicha ishtirok etishidan qat'iy nazar, belgilangan shakllarga ma'lumotlarni to‘liq kiritish lozim.

 

 13. Ishtirokchi qaysi nominatsiyada ishtirok etishidan qat'iy nazar talabnomada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:

muassasa raqami (maktab yoki boshqa) va uning nomi;

hudud, tuman (shahar) ko‘rsatilgan pochta manzili;

muassasa saytining veb-manzili;

muassasa rahbarining F.I.Sh.;

mas'ul shaxsning F.I.Sh;

 

14. O‘qituvchi yoki o‘quvchining talabnomasi quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:

ishtirokchining F.I.Sh.;

talabnoma bergan ishtirokchi o‘qiydigan yoki ishlaydigan muassasaning raqami (nomi);

yashash manzili;

telefon raqami;

elektron manzili (e-mail);

saytning veb-manzili.

 

15. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining uzun va qisqa ro‘yxatlarini aniqlash

Uzun ro‘yxat Tashkiliy qo‘mita tashkil etadigan ishchi guruh tomonidan chegaralanmagan holda tuziladi.

Qisqa ro‘yxat Ishchi guruh tomonidan aniqlanadi va har bir nominatsiya bo‘yicha 10 nafardan faol ishtirokchilar tanlab olinadi.

G‘oliblar va sovrindorlar Hakamlar hay'atining har bir a'zosining alohida ovoz berishi bilan ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichida aniqlanadi.

 

16.  Ko‘rik-tanlov g‘oliblarini mukofotlash

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlari quyidagi uchta nominatsiya bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar:

1-nominatsiya – eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti;

2-nominatsiya – eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti;

3-nominatsiya – eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti.

Ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha sovg‘alar, diplomlar muassasa rahbariga yoki muassasaning vakolat berilgan vakiliga taqdim etiladi.

Ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti”, “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti” nominatsiyalari bo‘yicha sovg‘alar, diplomlar bevosita o‘qituvchiga yoki o‘quvchiga topshiriladi.

Xohish bildirgan muassasa va tashkilotlar ko‘rik-tanlovning hamkorlari bo‘lishlari va qo‘shimcha nominatsiyalar ta'sis etishlari mumkin. Takliflar uchun elektron pochta manzili: tanlov@.xtv.uz.

 

V. Nizomga o‘zgartirishlar kiritish tartibi

17.Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan ushbu Nizomga ko‘rik-tanlov ishtirokchilari va Hakamlar hay'atiga ma'lum qilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.

Tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ma'lumotlar ko‘rik-tanlovning maxsus saytida yoritib boriladi.

 

 


Manba: http://tanlov.uzedu.uz
Kiritilgan vaqt: 10.03.2015


2018 - yil uchun "Eng yaxshi dars ishlanma" ko'rik tanloviga ariza berish hozircha boshlangani yo'q
"Eng yaxshi dars ishlanma" ko'rik tanlovining natijalari
©2014-2018 O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali